Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Matiz» haydovchisining beo‘xshov qilig‘i qimmatga tushdi

«Matiz» haydovchisining beo‘xshov qilig‘i qimmatga tushdi

Illyustrativ foto.

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda «Matiz» transport vositasining amaldagi yo‘l harakati qoidalarini buzib, ustiga-ustak, ortdagi avtomashina egalariga beo‘xshov qiliqlar qilib kelgan haydovchining xatti-harakatlari tarqaldi.

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i kapitan Ulug‘bek Shukurlayevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video o‘rganilib, qoidabuzarga nisbatan tegishli chora ko‘rilgan.

Ta’kidlanishicha, Buxoro shahridagi ko‘chalardan birida «Matiz» rusumli avtomashina haydovchisi amaldagi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, o‘z yo‘nalishida ortdan kelayotgan haydovchiga bepisandlik qilib, beo‘xshov qiliqlar bilan harakatlangan. Keng jamoatchilikning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan «Matiz» haydovchisining shaxsi murojaatchining tezkor harakati bilan bir necha daqiqalar ichida aniqlangan.

“Holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan tezkor surushtiruv ishlari olib borildi. Yo‘l harakati qoidalarini qasddan buzgan haydovchiga R.N. ekani aniqlandi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1285-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy chora ko‘rilishi ta’minlandi",-dedi Ulug‘bek Shukurlayev.

Ushbu moddaga ko‘ra, javobgarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring