Moskvada so‘nggi 68 yildagi eng qalin qor yog‘ishi mumkin

Bugun, 4-mart kuni Moskva shahrida qor yog‘adi. Mutaxassislarning aytishicha, bahorning ilk kunlarida yog‘adigan ushbu qor so‘nggi 68 yildagi eng qalin qor bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi «RIA Novosti».
Bir necha kun oldin mutaxassislar shu bugun qor yog‘ishi va havo harorati 9 darajagacha sovib ketishi mumkinligini aytishgandi. Qayd etilishicha, qor qalinligi 10 santimetrgacha bo‘lishi kutilmoqda.
Qor yog‘ishi bir sutkagacha davom etishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter