NASA 8-apreldagi Quyosh to‘liq tutilishi videosini e’lon qildi
Kecha xabar berganimizdek, 8-aprel sanasida Yerning G‘arbiy yarimshar qismida Quyoshning to‘liq tutilishi yuz berdi.
Noyob hodisaga AQSh, Kanada, Meksika hamda Tinch va Atlantika okeanlarida joylashgan orollarda yashovchilar bevosita guvoh bo‘lishdi. Hodisa payti bizda tun bo‘lgani uchun uni ko‘rish imkonsiz edi.
To‘liq tutilishda Oy Quyosh diskini to‘liq qoplab, hammayoq zulmatga cho‘kadi, faqat Quyoshning tojlarigina ko‘rinib turadi. Bir necha daqiqa davom etgan hodisa videosini NASA e’lon qilgan ushbu videoda ko‘rishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter