Navoiyda 32 yoshli erkak cho‘kib ketdi
Bugun, 16 iyul kuni soat 13:47 da Navoiy viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
Qayd etilishicha, Karmana tumani IIBdan Navoiy shahar «Tinchlik» MFYda yashovchi 32 yoshli fuqaro Karmana tumani «Kattamachid» MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Zarafshon» daryosiga cho‘milish maqsadida suvga tushib, o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga FVB qutqaruvchilari yetib borgan. Olib borilgan qidiruv ishlari natidasida fuqaroning jasadi soat 17:00 da suvda cho‘kkan joyidan taxminan 10 metr uzoqlikdan topilib, tegishli xizmatlarga topshirilgan.
Taqiqlangan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli ekaligidan kelib chiqib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan cho‘milish qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘raydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter