Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nyu-York – Toshkent reysi bortida noxush hodisa sodir bo‘ldi

Nyu-York – Toshkent reysi bortida noxush hodisa sodir bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasida zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Hodisa bugun, 11-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:35 da HY102 Nyu-York – Toshkent reysida sodir bo‘ldi. Boeing 787 havo kemasi sardori yo‘nalish bo‘ylab muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qildi. Bortdagi muammo haqida radioaloqa orqali xabar berilgan.

Qayd etilishicha, 1991-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan reysdan tushirilgan.

Kerakli protseduralar amalga oshirilgach, havo kemasi belgilangan aeroportga parvozni davom ettiradi.

HY102 reysining Toshkentga yetib kelishi Toshkent vaqti bilan 13:00 ga belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring