O‘zbekiston chegarachilari Qirg‘iziston fuqarosini otib qo‘yishdi
Bugun, 7-aprel kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida qirg‘iz fuqarosi F.M. o‘zbekistonlik chegarachilar tomonidan otib qo‘yildi. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro olgan tan jarohati sababli Kerben shahridagi shifoxonalardan birida vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlangan bo‘lib, voqea joyiga Jalolobod viloyati chegara xizmati tergovchilari hamda huquq-tartibot idoralari vakillari yetib borishgan.
Ayni paytda Qirg‘iziston va O‘zbekiston tomoni vakillari ushbu holatga aniqlik kiritib olish harakatlarini boshlab yuborishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter