Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Paynet»da hisobiga pul tushirtirib qochgan shaxs ushlandi

«Paynet»da hisobiga pul tushirtirib qochgan shaxs ushlandi

Ushbu shaxsdan jabr ko‘rganlar Toshkent shahar IIBBga murojaat qilishi so‘ralgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Paynet» shoxobchasida plastik kartaga pul tushirib, lekin naqd pulni bermasdan qochib ketayotgan shaxsning videosi tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida quyidagilar aniqlandi.

Joriy yilning 3 yanvar kuni 1993 yilda tug‘ilgan Xusanov Kamron Xisrav o‘g‘li Olmazor tumanidagi «Paynet» shoxobchasiga kirib, plastik kartasiga 682.000 so‘m miqdoridagi pulni o‘tkazishni so‘ragan. Aytilgan pul miqdori plastik kartasiga tushirilgandan so‘ng, K.Xusanov naqd pulni to‘lamasdan shoxobchadan qochib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi («Talonchilik») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

«Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki uning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-49-44, 71-206-46-35 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring