Prezident Rajab Toyyip Erdo‘g‘onga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Bartin provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Prezident Rajab Toyyip Erdo‘g‘onga ta’ziya yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohat olgan konchilar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 oktyabr kuni kuni Turkiyaning Bartin viloyatidagi Amasra shahridagi ko‘mir konida portlash yuz berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada vafot etganlar soni 25 nafardan oshgan, 40 nafarga yaqin kishi jabrlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter