Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prokuratura: Qashqadaryoda hokim yordamchisi qamoqqa olindi

Prokuratura: Qashqadaryoda hokim yordamchisi qamoqqa olindi

Foto: Xabar.uz

Dehqonobod tumani «Beshqo‘ton» mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi lavozimida faoliyat olib borgan A.T bir guruh tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlari bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgani aytilmoqda.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, unga nisbatan davlat dasturlari asosida fuqarolarga ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlik holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki tergov davomida A.Tga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring