Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda yer o‘z-o‘zidan yonib ketayotgani xabar qilindi (video)

Qashqadaryoda yer o‘z-o‘zidan yonib ketayotgani xabar qilindi (video)

Skrinshot.

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati, yer yuzasida o‘z-o‘zidan yonish hodisasi boshlangani videosi tarqaldi.

Unga ko‘ra, hech qanday tashqi ta’sirsiz yerdan olov chiqish va tutash hodisalari yuz bermoqda.

Shunday videolardan birini Xabar.uz o‘quvchilari telegram bot orqali yuborishdi. Unga ko‘ra voqea Chiroqchi tumanida joylashgan Abdujabbor qishlog‘ida yuz bergan. Hodisa sakkiz oy davomida yuz berib kelgan. 

Taxminlarga ko‘ra, yer yuzasida yonuvchan foydali qazilma hodisaga sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.

Geolog va boshqa soha xodimlaridan hodisaga izoh kutamiz.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring