Qashqadaryoda bemordan besh ming so‘m talab qilgan shifokor ishdan haydaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limida ro‘yxatga olish uchun 5000 so‘m talab qilishganligi, bo‘limda sanitariya talablariga rioya to‘liq rioya etilmayotganligi bo‘yicha videomurojaat tarqaldi.
Qashqadaryo viloyati SSBning tushuntirish berishicha, mazkur holat tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokoma qilingan.
Aniqlanishicha, 2021-yil 24-iyun kuni Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar shifoxonasi kunduzgi muolaja feldsheri G‘.A. tomonidan bemorga kasallik tarixi ochish uchun 5000 so‘m pul so‘ralgani qayd etilgan. Tuman yuqumli kasallliklar shifoxonasining 2021-yil 1- iyuldagi buyrug‘i bilan G‘. A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Tuman yuqumli kasalliklar bo‘limida sanitariya talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar belgilandi, deyiladi xabar yakunida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter