Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qibraydagi oilada to‘rt egizak dunyoga keldi

Qibraydagi oilada to‘rt egizak dunyoga keldi

25-yanvar kuni Qibray tumani «Birlik» mahallasida yashovchi Toirovlar oilasida 2 o‘g‘il va 2 qiz farzand dunyoga keldi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qibray tuman hokimligi egizaklarning ota-onasi Toirov Javoxir va Toirova Malikalarni ushbu quvonchli kun bilan samimiy tabriklagan.

Egizaklarning otasi Toirov Javoxirning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda farzandlarining ahvoli qoniqarli darajada.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring