Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘ng‘irotdagi YTHda er-xotin halok bo‘ldi

Qo‘ng‘irotdagi YTHda er-xotin halok bo‘ldi

Foto: «Za rulem Kuban»

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida 2-mart kuni soat 07:55 larda Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi Q.Yu. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan «Lada» rusumli avtomashinasini «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» A-380 yo‘lining 900-km.da haydab ketayotgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, natijada shu yo‘nalishda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan «Kamaz» rusumli yuk avtomashina tirkamasining orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada «Lada» avtomashinasi yo‘lovchilari B.S. va uning turmush o‘rtog‘i S.I. jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar. Yana bir yo‘lovchi A.O. jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring