Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘qonda 6,3 mlrd. so‘mlik avtokredit talon-toroj qilib yuborildi

Qo‘qonda 6,3 mlrd. so‘mlik avtokredit talon-toroj qilib yuborildi

Foto: Xabar.uz

19 nafar fuqaro nomiga avtokredit rasmiylashtirib o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, fuqarolar Sh.U. va A.V. Toshkent shahridagi G-W. va E-W. MChJlar mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, 19 nafar fuqaro nomiga tijorat banki filiallaridan jami 6,3 mlrd so‘m avtokredit ajratilishiga erishib, ushbu kredit hisobidan fuqarolarga avtomashinalarni yetkazib bermasdan kredit mablag‘larini talon-taroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring