Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin urushni tugatish shartini aytdi, Ukraina javob qaytardi

Putin urushni tugatish shartini aytdi, Ukraina javob qaytardi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvda Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini boshlashning asosiy shartlarini aytib o‘tdi: unga ko‘ra Ukraina qo‘shinlari Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlaridan chiqib ketishi va Kiyev NATOga kirishdan bosh tortishi lozim.

«Kiyev bunga tayyor ekanligini e’lon qilishi va qo‘shinlarni olib chiqishga kirishishi, shuningdek, NATOga qo‘shilishdan bosh tortishini e’lon qilishi bilanoq biz darhol o‘t ochishni to‘xtatishga buyruq beramiz va muzokaralarni boshlaymiz. Biz Ukraina bo‘linmalarining xavfsiz olib chiqib ketilishini kafolatlaymiz», — dedi u (RIA Novostidan iqtibos).

Putin ta’kidlaganidek, bu mojaroni muzlatish haqida emas, balki uni yakuniy yakunlash, Ukraina Qurolli kuchlariga qo‘shinlarni xavfsiz olib chiqib ketish kafolatlanishi haqida.

«Tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha asosiy kelishuvlar xalqaro shartnomalar bilan belgilanishi tabiiy, Rossiyaga qarshi sanksiyalar ham bekor qilinishi kutilmoqda», - deya qo‘shimcha qildi u.

Putin, shuningdek, kelishuvning bir qismi sifatida Rossiya Ukrainada «rus tilida so‘zlashuvchilarning huquqlarini ta’minlashni» talab qilishini aytdi.

Ukraina prezidenti devoni maslahatchisi Mixail Podolyak Putinning mazkur talablariga javob berib, Kiyev uni qabul qila olmasligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina tomoni 1991-yilgi chegaralar tiklangan holdagina muzokaralarga kirishishini ta’kidlab keladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring