Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qondagi mehmonxonada 13 yoshli qiz zo‘ravonlikka uchradi

Qo‘qondagi mehmonxonada 13 yoshli qiz zo‘ravonlikka uchradi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi mehmonxonada 13 yoshli voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqida xabar tarqaldi. Ijtimoiy himoya agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi izoh berdi.

​Aniqlanishicha, 2026-yil 28-sentyabr kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz Qo‘qon shahridagi mehmonxonada jinsiy zo‘ravonlikka uchragan.

​Mazkur holat yuzasidan 2026-yil 29-sentyabr kuni Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

​Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi ushlanib, 30 sentyabr kuni unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

​Hozirda jinoyat ishi doirasida tegishli ekspertizalar tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

​Voyaga yetmagan jabrlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, uning ruhiy holatini tiklash hamda zarur yordam ko‘rsatish maqsadida unga psixologik va yuriditik xizmatlar biriktirilgan.

​Mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligining mas’ul xodimlari nazoratiga olingan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring