Quyi Chirchiqdagi bog‘chada ommaviy kasallanish ro‘y bergani aytilmoqda
Quyi Chirchiq tumani 8-maktabgacha ta’lim muassasasining 40 nafarga yaqin tarbiyalanuvchilari tumandagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgani aytilmoqda.
«Xabar.uz» tahririyatiga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, ota-onalar farzandlarini bog‘chada ovqatdan zaharlangan deb hisoblashmoqda. Murojaatda bolalarning ich ketishi va isitmasi chiqayotganligi ta’kidlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati «Xabar.uz» so‘roviga voqea joyida ishchi guruhi faoliyat boshlaganini ma’lum qildi.
Rasmiylrga ko‘ra, shifoxonada qolayotgan bolalar soni 20 nafarni tashkil etadi. Aytilishicha, bolalarda kasallik simptomlari turlicha. Shifokor mutaxassislar bolalar bog‘chasidagi oziq-ovqat namunalari va shifoxonadagi tahlillar natijasi o‘rganilayotganini qayd etishdi.
Labaratoriya tahlili natijalari aniqlangach, bolalar aynan nimadan kasallangani oydinlashishi urg‘ulandi.
Avvalroq, Qarshi shahri hamda Oltiariq tumanidagi bog‘chalarda ommaviy kasallanishlar kuzatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter