Rasmiy bayonot: Aholini ro‘yxatga olish tizimiga hakkerlik hujumlari kuzatilgani yo‘q
Ayni paytda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish rasmiy veb-sayti — census.stat.uz ga ko‘p sonli foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida murojaat qilayotgani sababli qisqa muddatli texnik uzilishlar kuzatilishi mumkin, deyiladi rasmiy bayonotda.
Qayd etilishicha, mazkur holat veb-saytga tushayotgan yuqori yuklama bilan bog‘liq bo‘lib, ayni damda server quvvatini oshirish va tizim barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
“Fuqarolardan biroz vaqt o‘tib qayta urinib ko‘rishlarini so‘raymiz. Barcha ma’lumotlar xavfsiz saqlanmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Bu jarayonlar mutaxassislar tomonidan nazorat qilinmoqda. Tizimga hech qanday hakkerlik hujumlari kuzatilgani yo‘q”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 15 yanvar soat 00:00 dan O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi.
Mazkur bosqich doirasida 17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter