Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sakkizta yangi Cobalt pachoqlandi

Sakkizta yangi Cobalt pachoqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt’lar ortilgan avtotreyler YTHga uchragani aks etgan video tarqaldi. UzAutoMotors holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi Farg‘ona viloyatida 4 sentyabr kuni soat taxminan 18:00 da sodir bo‘lgan. Logistika avtotreyleri haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan.

YTH natijasida 8 ta Chevrolet Cobalt avtomobili zarar ko‘rgan, avtotreyler haydovchisi jarohatlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring