Cobalt uchun 1 soatda 53 911 ta shartnoma tuzildi
UzAuto Motors ma’lumot berishicha, kontraktlar ochilgan paytdan boshlab, 11:00 holatiga ko‘ra UzAutoSavdo.uz onlayn platformasi orqali 53.911 dan ortiq shartnomalar muvaffaqiyatli rasmiylashtirilgan.
Kompaniyaning bildirishicha, mazkur jarayon davomida onlayn-savdo tizimi 30 marta kiberhujumga uchragan. Shu bilan birga, platformada 165 mingdan ortiq faol seans va har soniyada 1.180 tadan ziyod yangi seans kuzatilgan.
Ushbu davr mobaynida kompaniya Call-markazi tomonidan 584 ta murojaat qabul qilingan va ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, onlayn shartnomalarda maxsus QR-kod mavjud bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Mazkur QR-kod shartnoma haqiqiyligini tasdiqlaydi. Ushbu belgisiz QR-kodga ega hujjatlar uchun “UzAuto Motors” AJ va Chevrolet’ning rasmiy dilerlari javobgar emasligi ta’kidlandi. Mijozlar shartnoma tuzishda ushbu QR-kod mavjudligini albatta tekshirishlari so‘raldi.
Kompaniya avtomobil kontraktiga doir barcha rasmiy ma’lumotlar rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilib borilishini ma’lum qildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter