Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Samarqand darvoza»da qo‘lbola o‘t o‘chirish moslamasi portladi, jarohat olganlar bor

«Samarqand darvoza»da qo‘lbola o‘t o‘chirish moslamasi portladi, jarohat olganlar bor

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi «Samarqand darvoza» savdo majmuasi oldida o‘t o‘chirish moslamasini yoqib, uning portlashi natijasida odamlar jarohatlangani haqida ma’lumotlar va videotasvirlar tarqaldi.

IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovga ko‘ra, joriy yilning 1-yanvar kuni tungi soat 00.45 larda Shayxontohur tumani «Qoratosh» ko‘chasi avtoqatnov yo‘lida bayram bahonasi bilan aholi yig‘ilib, bir nechta fuqarolar avtoyo‘lni ajratib turuvchi to‘siqqa mushakbozlik qilish maqsadida qo‘lbola usulda yasalgan «o‘t o‘chirgich» moslamasini joylashtirib, moslamani tagidan yoqishi oqibatida moslama chaqnashi kuzatilgan.

Natijada, mushakbozlikni telefoni kamerasiga tasvirga olayotgan fuqarolar, 1997-yilda tug‘ilgan M.S. (Tashxis: qorin yumshoq to‘qimalari lat yeyishi), 1999-yilda tug‘ilgan M.A. (Tashxis: o‘ng oyoq boldir, tovon sohalari yirtilgan jarohati) hamda 2006-yilda tug‘ilgan X.N. (Tashxis: o‘ng oyoq panja qismi yirtilgan, majaqlangan jarohati, oyoq barmoqlari noto‘liq amputatsiyasi) turli ko‘rinishdagi jarohat olganlar.

Hozirda, holat yuzasidan moslamani tayyorlagan hamda uni yoqqan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring