Samarqand va Qashqadaryoni bog‘lovchi dovon yopildi
Samarqand va Qashqadaryoni bog‘lovchi dovon yopildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
2026 yil 16 yanvar kuni soat 21:30dan boshlab Samarqand viloyati Urgut tumani hududidan o‘tuvchi M-39 «Almata–Bishkek–Toshkent–Shahrisabz» avtomobil yo‘lining «Taxtaqoracha» dovonida qor yog‘ingarchiligi kuzatilgan hamda havo haroratining keskin pasayishi ro‘y bergan.
Natijada yo‘l qoplamasining yuza qismi muzlagani inobatga olinib, dovon hududida transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida dovonning «Urgut–Kitob» yo‘nalishi bo‘yicha transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi.
Haydovchilardan mazkur yo‘nalishda harakatlanishda belgilangan cheklovlarga amal qilish, muqobil yo‘llardan foydalanish hamda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish so‘raladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter