Samarqandda uy portladi. 6 kishi qurbon bo‘ldi
Bugun, 11-fevral kuni soat 5:40 da Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi «Charxin» MFYda joylashgan xususiy uyda gaz-havo aralashmasi oqibatida chaqnash sodir bo‘ldi.
FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, oqibatda uy 2-qavatining bir qismi qulab tushgan. Vafot etganlar va jarohatlanganlar bor.
Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi chaqnashning asosiy sababi deb topilmoqda. Voqea joyida viloyat hokimligi boshchiligida IIB, FVB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalarini jalb qilgan holda favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
«Xabar.uz» manbasining xabariga ko‘ra, ushbu fojia oqibatida 6 kishi, shundan 2 nafari ayol kishi, 4 nafari yosh bola hayotdan ko‘z yumgan. Bir nafar fuqaroning ahvoli og‘ir, hozir shifoxonada davolanmoqda.
Tahririyatimiz nomidan ushbu baxtsiz hodisada halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter