Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sardoba» fojiasi yuzasidan bir guruh mansabdor shaxslar qamoqqa olindi — Bosh prokuratura

«Sardoba» fojiasi yuzasidan bir guruh mansabdor shaxslar qamoqqa olindi — Bosh prokuratura

Joriy yil 1-may kuni yuz bergan «Sardoba» suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi va buning oqibatida katta hajmdagi yer maydonlarini suv bosishi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 207 va 258-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suv ombori 2010-2017 yillarda qurilgan bo‘lib, loyihaga buyurtmachi sifatida «Sirdaryo suv qurilish invest» DUK (Suv xo‘jaligi vazirligi), bosh loyihachi - «UzGip» MChJ, bosh pudratchi – «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» UK («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ) tanlangan. Suv ombori qurilishiga davlat budjetidan 1,2 trln.so‘m sarflangan.

Suv omboridan foydalanish «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli «Sardoba suv ombori ob’yektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi» tomonidan amalga oshirilgan.

Hozirgi vaqtda tergov organi tomonidan to‘g‘on qurilishi, ekspluatatsiya qilinishi, davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan hajmda suv to‘planishi jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlariga daxldor 9 nafar shaxs, jumladan buyurtmachi «Sirdaryo suv qurilish invest» DUK, loyihachi «UzGip» MChJ, bosh pudratchi – «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» UK, pudratchi tashkilot «Rezaksoy suv qurilish» UK, «To‘palang Sherobod» ShK, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekspluatatsiya direksiyasi mansabdor shaxslarining bir guruhi Jinoyat kodeksining tegishli (167, 205, 207, 209, 258) moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilib, kamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring