Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 nafar yigit 15 yildan qamoq jazosini oldi

5 nafar yigit 15 yildan qamoq jazosini oldi

Foto: «Xabar.uz»

Giyohvandlik vositalari kontrabandasi va noqonuniy savdosiga qarshi kurashish doirasida 2025 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Uzun tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda 2005 va 2006 yillarda tug‘ilgan ikki nafar mahalliy fuqaro davlat chegarasini qonunga xilof ravishda kesib o‘tib, Tojikiston hududidan 20 kg 374 gr “opiy” va 41 kg 668 gr “gashish” giyohvandlik moddalarini olib kelayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir davomida ularning jinoiy sheriklari – Uzun tumanida yashovchi, 2000 va 2004 yillarda tug‘ilgan ikki shaxs, shuningdek, mazkur jinoyatning buyurtmachisi sifatida ko‘rilgan Denov shahrida istiqomat qiluvchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro ham protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudi hukmiga ko‘ra, ayblanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 223, 246 va 273-moddalari bilan aybli deb topilib, har biriga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring