Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelidagi ishchilar yotoqxonasida portlash bo‘ldi

Sergelidagi ishchilar yotoqxonasida portlash bo‘ldi

Bugun poytaxtning Sergeli tumanida ishchilar uchun joylashgan yotoqxonada birlamchi ma’lumotga ko‘ra, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va buning oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Voqea joyida 43 nafar ishchi bo‘lgan, yong‘in oqibatida ulardan 18 nafari har xil turdagi kuyish tan jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Hodisa tafsilotlarini o‘rganish uchun Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari rahbarligida Toshkent shahar FVB, IIB, SSB, Hududgaz ta’minoti rahbarlaridan iborat tezkor tergov guruhi tashkil yetilgan.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, havo-gaz aralashmasining chaqnashiga gaz quvurlarining nosozligi oqibatida xonaga gaz to‘planishi sabab bo‘lgan, deyiladi ma’lumotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring