Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

So‘kinib video tarqatgan o‘quvchi qizlarning shaxsi aniqlandi

So‘kinib video tarqatgan o‘quvchi qizlarning shaxsi aniqlandi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarida ikki nafar o‘quvchi qiz tomonidan uyatli so‘zlar orqali so‘kinib tasvirga olingan videolavha tarqaldi. Ushbu videoga viloyat IIB tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

Qayd etilishicha, holatni zudlik bilan Ichki ishlar boshqarmasi o‘z nazoratiga olgan hamda o‘quvchi qizlarning shaxsiga oydinlik kiritishgan.

Surishtiruv harakatlari davomida videodagi qizlar Navoiy shahridagi 10-sonli maktab o‘quvchilari — 2005 yilda tug‘ilgan J.A. T.J. va R.J. ekanligi aniqlandi. Holat 8 sentyabr kuni huquq fani darsida tasvirga olingan.

Holat yuzasidan 10-sonli maktab direktori, o‘quvchilarning ota-onalari, shuningdek, Navoiy shahar IIB XPB VEB inspektor-psixologlari ishtirokida muhokama tashkil qilindi.

Qizlarning aytishicha, bu shunchaki hazil tariqasida olingan. Ular qilgan ishidan chin dildan pushaymonligini bildirishgan.

Hozirda holat yuzasidan yig‘ilgan materiallar qonuniy chora ko‘rish maqsadida Navoiy shahar hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar komissiyasiga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring