O‘qituvchi dars tayyorlamay kelgan o‘quvchini urdi
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisi kaltaklanganligi bilan bog‘liq video tarqaldi.
Aniqlanishicha, 22 aprel kuni Bandixon tumani 4-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchisi dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelganligi uchun uni urgan.
Holat yuzasidan Bandixon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
Tekshirish doirasida o‘qituvchining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter