Surxondaryoda o‘z qiziga nisbatan shafqatsizlik qilgan ota qo‘lga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida ota o‘z qiziga nisbatan zo‘ravonlik qilgani aks etgan video tarqalishi ortidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 25-iyul kuni Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol turmush o‘rtog‘i 1993-yilda tug‘ilgan Ch.B. voyaga yetmagan qizini qiynayotgani haqida ariza bilan murojaat qilgan.
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video 2025-yil 30-dekabr kuni tasvirga olingan bo‘lib, unda ota qiziga nisbatan nomaqbul harakatlar sodir etayotgani aks etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari davom etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter