Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent havosining ifloslanishi sababi aytildi

Toshkent havosining ifloslanishi sababi aytildi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahri kecha, 17-oktyabr kuni dunyodagi havosi eng iflos shaharlar reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilgani haqida xabar berilgandi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limi xodimlari tomonidan poytaxtning 5 ta nuqtasidan tahlil natijalari olindi.

Qayd etilishicha, ushbu jarayonga Davlat ekologiya qo‘mitasining mobil laboratoriyasi va mutaxassislari jalb etilib, namunalar asosida tahlillar amalga oshirilgan.

Olingan namuna natijalari 2-nuqta (Yunusobod tumani 6-mavze)da umumiy chang miqdori bo‘yicha belgilangan (PDK) me’yordan ortiqligini ko‘rsatgan.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, uzoq vaqt davomida yog‘ingarchilikning yo‘qligi, kuchsiz shamollar, haroratning inversiyasi atmosfera havosining turg‘unligiga imkon bergan. Buning natijasida ifloslantiruvchi moddalarning to‘planishi kuzatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring