Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent hokimligi aholini ogohlantirdi

Toshkent hokimligi aholini ogohlantirdi

Foto: Xabar.uz

Avval xabar berilganidek, 21-24 may kunlari Toshkentda kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan poytaxt hokimligi murojaat bilan chiqqan.

«Sizdan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishingizni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalaringizni qo‘ymasligingizni so‘raymiz. Kuchli shamol va yog‘ingarchilik natijasida favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda (71) 212 69 80, 212 69 82 hamda 1050, 1055 tezkor raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin» deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchli shamol va chang bo‘roni boshlangani haqida avvalroq ma’lum qilgan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring