Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qutqaruvchilar daryo o‘rtasida qolib ketgan baliqchining hayotini saqlab qoldi

Toshkentda qutqaruvchilar daryo o‘rtasida qolib ketgan baliqchining hayotini saqlab qoldi

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahar FVBB qutqaruvchilari fuqaroning hayotini saqlab qoldi.

11-mayga o‘tar kechasi Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining navbatchilik qismiga Yangihayot tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosiga baliq ovlash maqsadida borgan fuqaro B.M. daryoning o‘rtasidagi orolchada qolib ketganligi va yordamga muhtojligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida daryoda suv sathi keskin ko‘tarilib ketgan. Xavfsiz hududga qaytib chiqish fuqaro hayoti uchun xavfli bo‘lganligi sababli u qutqaruvchilarga murojaat qilgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borib, fuqaroni xavfsiz hududga olib chiqishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring