Toshkentda yosh bola o‘yinchoq mashinada katta yo‘lga chiqib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolaning o‘yinchoq mashinada yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa joriy yilning 8-may kuni soat 12:30larda Bektemir tumani Oltintopgan ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Holat yuzasidan bolaning otasi bilan profilaktik suhbat olib borilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga asosan (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Xabarda keltirilgan hujjatga ko‘ra, bolaning otasi 1,2 mln so‘m miqdorda jarimaga tortilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter