Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi zilzila qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar yo‘q — TIV

Turkiyadagi zilzila qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar yo‘q — TIV

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Turkiya g‘arbida yuz bergan 6,6 magnitudali zilzilada halok bo‘lganlar va jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q, deb xabar berdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 19:30 holatiga Turkiyaning g‘arbiy qismida 2020-yil 30-oktyabrda sodir bo‘lgan kuchli zilzila natijasida halok bo‘lgan va jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Vazirlik xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Anqara shahridagi elchixonasi va Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi Izmir viloyatining tezkor shtabi bilan doimiy aloqa o‘rnatgan.

«Jarohat olgan hamyurtlarimiz to‘g‘risida ma’lumot aniqlanganda zarur yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga murojaat qilshingizni so‘raymiz (Telefon: +90 212-323-20-36/37)», — deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya g‘arbida 6,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video).

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila natijasida olti kishi halok bo‘ldi va 202 dan ziyod kishi jarohatlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring