Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgut tog‘ida adashib qolganlar topildi

Urgut tog‘ida adashib qolganlar topildi

Samarqand viloyati Urgut tumanida tog‘da adashib qolgan fuqarolar qutqarildi, deya xabar qildi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning 21 aprel kuni soat 19:00 da Urgut tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga 2 nafar fuqaro Urgut tumanidagi tog‘larda dam olish maqsadida chiqib, yo‘ldan adashib qolganini ma’lum qilib, pastga tushib olishda yordam so‘rab murojaat qilgan.

Xabarga asosan, qidiruv-qutqaruv ishlariga Urgut tuman yong‘in-qutqaruv qismining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 22 aprel kuni soat 02:45 da fuqarolar Allayaron tog‘ining dengiz sathidan 1800 metr balandlikdan topilgan.

Ushbu fuqarolarning xavfsizligi ta’minlangan holda tog‘dan pastga olib tushilgan. Qayd etilishicha, fuqarolarning sog‘liqlar yaxshi, ularga hech qanday tan jarohatlari yetmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring