Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda ayol poyezd ostida qolib halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda ayol poyezd ostida qolib halok bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

2026-yil 22-yanvar kuni Gidrouzel va Nukus temir yo‘l stansiyalari oralig‘ida fojiali hodisa qayd etildi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» xabariga ko‘ra, ayol kishi temir yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishga uringan va yo‘lovchi poyezdi ostida qolib halok bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagan va shaxsiy xavfsizlik choralariga e’tibor bermagan. Hozirda mas’ul xizmatlar tomonidan hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ fuqarolarni temir yo‘l infratuzilmasidan foydalanishda belgilangan qoidalarga qat’iy rioya qilishga chaqirib, temir yo‘llarni faqat maxsus belgilangan joylar orqali kesib o‘tish lozimligini yana bir bor eslatib o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring