Vobkentlik inspektorga muddatidan oldin «mayor» unvoni berildi
Joriy yilning 29 yanvar kuni Buxoro viloyati Vobkent tumanida o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan profilaktika inspektori haqiqiy qahramonlik namunasini ko‘rsatgani (video) xabar qilingandi.
U daryoning muzdek suviga o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan 4 nafar farzandning onasini so‘nggi soniyalarda qutqarib qoldi. O‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, fidoiylik ko‘rsatgan Vobkent tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi inspektori, kapitan Rasulov Amrillo Temir o‘g‘li munosib taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan, favqulodda vaziyatda ko‘rsatgan jasorati, qat’iyati va kasbiga sadoqati uchun kapitan Amrillo Rasulovga muddatidan oldin «mayor» maxsus unvoni berildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter