Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turistlarga elektroshoker qo‘llagan IIB xodimlariga jinoiy ish ochildi

Turistlarga elektroshoker qo‘llagan IIB xodimlariga jinoiy ish ochildi

Skrinshot.

Samarqanda viloyat IIB boshlig‘i ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ikki nafar xodim ichki ishlar tizimidan ishdan bo‘shatilgani ma’lum qilindi.

Ularga nisbatan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu ikki xodim 20-may kuni kechqurun bir necha Qozog‘iston fuqarolari bilan yuzaga kelgan vaziyatda ishtirok etishgan. O‘rtadagi kelishmovchiliklar sabab IIB xodimlari turistlarga nisbatan elektroshoker ishlatgandi.

Vaziyatga Qozog‘iston TIV ham munosabat bildirib, O‘zbekistonga xat bilan murojaat qilinganini ma’lum qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring