Xotinini pichoqlagan er ochiqda yurgani rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi erkak xotinini pichoqlab qo‘yganiga qaramay ochiqda yurganiga oid xabarlar tarqamoqda.
«Xabar.uz» so‘roviga javoban holatga oydinlik kiritgan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani istiqomat qiluvchi M. A. (1952-yilda tug‘ilgan) oilaviy kelishmovchilik tufayli 1979-yilda tug‘ilgan xotini D. T.ning badaniga xo‘jalik pichog‘ini bir necha bor sanchib, tan jarohati yetkazganini tasdiqladi. Biroq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagani va erkak ochiqda go‘yoki bemalol yurganiga oid xabarlarni rad etdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 30-aprel kuni kech soat 23:30 chamasida sodir bo‘lgan voqelik yuzasidan ertasigayoq Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi bilan (qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyo bilan badanga og‘ir shkast yetkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida M. A. protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan «uy qamog‘i» ehtiyot chorasi tanlangan. Bunday turdagi ehtiyot chorasi tanlanishi ayblanuvchining 2-guruh nogironi (Afg‘on urushi qatnashchisi) ekanligi bilan izohlanadi.
Ayni paytda dastlab tergov ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter