Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashnobodda YTH oqibatida 5 mingdan ortiq xonadonda gaz uzildi

Yashnobodda YTH oqibatida 5 mingdan ortiq xonadonda gaz uzildi

11 iyul kuni soat 02:15 da ro‘y bergan YTH oqibatida Yashnobod tumani «Go‘zal» MFYdagi o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetgan.

«Hududgaz Poytaxt» xabariga ko‘ra, oqibatda Yashnobod tumanidagi quyidagi hududlarda gaz ta’minoti avariya bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatilgan.

Aholi iste’molchilari:

  • «Go‘zal» MFYdagi 70 ta yerli xonadon;
  • «Olmos» MFY 58 ta ko‘p qavatli uylardagi 2436 ta xonadon;
  • «Qalqon» MFY 40 ta ko‘p qavatli uylardagi 3200 ta xonadon.
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 10 ta

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring