Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yong‘in joyiga FVV rahbariyati yetib bordi

Yong‘in joyiga FVV rahbariyati yetib bordi

Toshkent shahrida joylashgan moy ishlab chiqarish sexi hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi.

Bugun, 17 sentyabr kuni soat 18:07 da Toshkent shahar Olmazor tumani Qizg‘aldoq ko‘chasida joylashgan moy ishlab chiqarish sexi hududida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:17 da voqea joyiga yetib borgan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra hududdagi 3 ta rezurvarda moy maxsuloti yongan. 

Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Yong‘in joyiga O‘zbekiston Respublikasi FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB va tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari yetib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring