Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuridik universitet uchun «o‘n ming»: yana bir korrupsion ish fosh etildi

Yuridik universitet uchun «o‘n ming»: yana bir korrupsion ish fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Aniqlanishicha, fuqaro M.O. boshqa bir fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning jiyanini o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring