Hokim yordamchisi katta pora bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Zangiota tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, Zangiota tuman hokimining mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi A.Yu. va tuman kadastr bo‘limi sobiq xodimi U.A. bilan oldindan til biriktirib, xususiy tadbirkor R.ning ishonchiga kirib, unga “Mevazor” MFYda joylashgan 8 sotix yer maydonida turar-joy binosini qurish uchun ruxsatnoma olib berish hamda kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2021 yil davomida jami 15 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, yana 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter