Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zangiotada to‘qimachilik sexi yonib ketdi

Zangiotada to‘qimachilik sexi yonib ketdi

11-yanvar kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumani, «Gulzor» MFYda joylashgan to‘qimachilik sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushdi.

Shunga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha sexning ikkinchi qavatida yong‘in kelib chiqqan, vaziyat nazorat ostida.

Hodisa oqibatida tan jarohat olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.

Yong‘in yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring