Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2018-yildan propiska masalasi sekin-asta yo‘qqa chiqadi

2018-yildan propiska masalasi sekin-asta yo‘qqa chiqadi

Foto: «Nuz.uz»

9-yanvardan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu dasturga asosan, fuqarolarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish, ularning mamlakat hududida erkin harakatlanish hamda mehnat qilish huquqlari ta’minlanishi kutilyapti.

Xususan, loyihalarda vaqtincha yoki doimiy propiskasiz fuqarolarni ishga qabul qilishni rad etish bilan bog‘liq amaliyotga barham beriladi. Mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uchun ish beruvchining ma’muriy javobgarligi bekor qilinadi. Shuningdek, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashaganlik, yashashga yo‘l qo‘yganlik uchun ma’muriy jazo choralarini yengillashtirish nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, mavsumiy ishlarga jalb qilinganlarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish tizimi soddalashtiriladi, ular uchun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalanish bitimini tuzish talabi bekor qilinadi.

Pasport olish, ta’lim olish, mehnat qilish va boshqa konstitutsiyaviy huquqlarni amalga oshirishda propiska bilan bog‘liq cheklovlar bartaraf qilinadi.

Ushbu hujjatga mas’ul etib Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring