3 oyda 60 mingdan ortiq haydovchilar jarima ballari olgan – YHXX

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati uch oy davomida 60 mingdan ortiq haydovchilar jarima ballari olganini ma’lum qildi.
Haydovchilarga qo‘llanilgan jarima ballari tahliliga ko‘ra, iyun-avgust oylarida:
- 5 ballgacha jarima to‘plagan haydovchilar 4 nafarni;
- 4 ballgacha jarima to‘plaganlar 14 nafarni;
- 3 ballgacha jarima to‘plaganlar 129 nafarni;
- 2 ballgacha jarima to‘plaganlar 4 ming 976 nafarni;
- 1 ballgacha jarima to‘plaganlar 63 ming 974 nafar haydovchini tashkil qilgan.
Shuningdek, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimi ishga tushirilgandan buyon 9 million 325 mingdan ortiq haydovchi umuman jarima ballari olmagan.
YHXXning ta’kidlashicha, o‘tgan uch oy davomida qoidabuzarliklar va yo‘l-transport hodisalari sezilarli darajada kamaygan.
Jumladan, iyun-avgust oylarida 167 mingta qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lib, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan (285 mingta) 58 foizga kamaygan. Shuningdek, bu davrda haydovchi aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni 2024 yildagi 531 tadan joriy yilda 338 tagacha, ya’ni 36 foizga qisqargan.
Eslatib o‘tamiz, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy yilning 1 iyun sanasidan boshlab ishga tushirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter