Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayolning videolarini tarqatmaslik uchun $ 10 ming talab qilgan shaxs ushlandi

Ayolning videolarini tarqatmaslik uchun $ 10 ming talab qilgan shaxs ushlandi

Foto: Toshkent viloyati IIBB

Toshkent viloyati IIBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ayolning foto va videolarini ijtimoiy tarmoqda tarqatib, sharmanda qilmaslik evaziga undan 10 000 AQSh dollari talab qilgan shaxs daliliy ashyo bilan ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 15 avgust kunidan boshlab noma’lum fuqaro 1992 y.t. M.X. (Parkent tumanida yashovchi ayol)ga telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali xabar yozib, agar 10 ming AQSh dollari bermasa uni giyohvand modda sotuvchi ayol sifatida tasvirlab, foto va videolar tarqatishi, qamatish va oilasini buzib sharmanda qilish bilan tahdid qilib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv davomida tezkor xodimlar tomonidan noma’lum fuqarolarning shaxsi aniqlangan va tezkor tadbirda u ayoldan talab qilingan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring