Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda 28 nafar IIB xodimining intizomiy jazosi muddatidan oldin olib tashlandi

Buxoroda 28 nafar IIB xodimining intizomiy jazosi muddatidan oldin olib tashlandi

Buxoroda 25 oktyabr – Ichki ishlar xodimlari kuni munosabati bilan 28 nafar xodimlarning intizomiy jazolari muddatidan oldin rag‘batlantirish tariqasida olib tashlandi. 1624 nafar xodimlarning har biri 1 000 000 so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB tizimi xodimlari uchun Yoshlar markazida o‘tkazilgan madaniy bayramda ma’lum qilindi.

Tadbirda sohada faoliyati davomida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlar taqdirlandi. Viloyat rahbarining farmoyishiga asosan, yuqori natijalarga erishgan 9 nafar Ichki ishlar organlari xodimlariga pul mukofotlari, 19 nafar bo‘linma boshliqlari va inspektorlarga ko‘krak nishonlari hamda ichki ishlar idoralariga 60 ta kompyuter jamlanmalari topshirildi. Shuningdek, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda sodir etilgan jinoyatlarni fosh qilishda ishtirok etgan ichki ishlar organlari xodimlarining 70 nafariga boshqarma boshlig‘ining Faxriy yorlig‘i berildi.

Buxoro viloyati IIBga ko‘ra, viloyatda joriy yilning 9 oyida sodir etilgan jinoyatchilik 31,33 foizga, jumladan, og‘ir turdagi jinoyatlar 18 taga, qasddan odam o‘ldirish 2 taga, og‘ir tan jarohati yetkazish 15 taga, o‘g‘irlik jinoyatlari 208 taga, bezorilik 16 taga kamaygan. Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlarning 47,72 foizga, ayollar jinoyatchiligining 41,34 foizga kamayishiga erishilgan.

O‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida ko‘rsatgan mardlik va jasorati, fidokorona xizmatlari tufayli 371 nafar profilaktika inspektori xizmat uyi va imtiyozli avtotransport vositasi bilan ta’minlangan. Ayni paytda soha xodimlari uchun Buxoro shahrida bitta 30 xonadonli ko‘p qavatli uy-joy qurilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring