Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda mast kishilar nogironning uyiga bostirib kirib, urib, pulini tortib oldi

Buxoroda mast kishilar nogironning uyiga bostirib kirib, urib, pulini tortib oldi

2020 yilning 7 apreldan 8 aprelga o‘tar kechasi soat 02:00 da 33 yoshli J.X. va 26 yoshli M.Sh. spirtli ichimlik istemol qilgan mast holatda Qorako‘l tumani Mirpo‘lat qishlog‘ida yashovchi 2 guruh nogironi 47 yoshli O.X., ning yashash uyi yotoqxonasiga eshik oynasini sindirish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uni qo‘llari bilan bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, pullari va tilla-taqinchoqlarini berishni talab qilib, uning yonida bo‘lgan 100.000 so‘m pullarni talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan M.Sh. va J.X., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, M.Sh. va J.X. lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar va o‘rnatilgan tartibda ushlanganlar, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring