Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX va IIV: Bir haftada 18 ta uyushgan jinoiy guruh ushlandi

DXX va IIV: Bir haftada 18 ta uyushgan jinoiy guruh ushlandi

Joriy yilning 20 yanvaridan boshlab mamlakatimizda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida keng ko‘lamli tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

O‘tkazilgan 2 600 dan ortiq tezkor tadbirlar natijasida 18 ta uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi, 51 ta guruh tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan qonuniy choralar ko‘rildi.

Tadbirlar davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlanayotgan 104 ta turli xildagi qurol, 987 dona o‘q-dori hamda 1,5 kilogramm portlovchi moddalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, 123 kilogramm narkotik moddalar, 57 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring